TIV AQShning "demokratiya" boʻyicha nasihatlari podborkasini eʼlon qiladi

"Rossiya tartibsizliklar fonida AQShni "trolling" qiladimi", degan savolga javoban.

TIV AQShning "demokratiya" boʻyicha nasihatlari podborkasini eʼlon qiladi
Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, RF TIV AQSH tomonidan qilingan "demokratiya saboqlari" toʻgʻrisidagi podborka "trolling" maqsadida emas, balki shunchaki, kelgusida yodda saqlashlari uchun eʼlon qiladi.

TOSHKENT, 6 iyun – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSH soʻnggi 10 yil davomida "qanday qilib butun dunyoga demokratiyadan saboq bergani" toʻgʻrisida podborkani eʼlon qiladi, dedi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

"Men biz ham "trolling" qilishni bilamiz, demoqchi edim. Bu ikkilanish boʻy koʻrsatgan shundayin bir tarixiy lahza. Chunki ertaga  ehtimol TIVning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, TIV Facebookida maxsus podborkalarni eʼlon qilamiz. Amerikalik hamkasblarimiz bizga qanday saboq berishgani haqida bundan ham battar iqtiboslar bor, lekin biz soʻnggi 10 yil davomida ular butun dunyoga qanday qilib oʻsha demokratiyadan saboq bergani haqida maxsus podborkalarni tayyorladik. Ular qanday qilib aql oʻrgatishgani, pand-nasihat qilishgani, eʼtiroz bildirishgani, ommaviy "savalash"larni uyushtirishganini koʻrsatib beramiz. Bu hatto trolling emas", - dedi Zaxarova YouTube-kanaldagi "Solovyev LIVE" efirida "Rossiya tartibsizliklar fonida AQShni "trolling" qiladimi", degan savolga javoban.

Zaxarovaning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda AQShning demokratiya boʻyicha "nasihatlari" ichki muammolari mavjud boʻlgan davlatlar ustidan kulish tusini olgan, chunki Vashington oʻsha davlatlardagi vaziyatni koʻrib turib shunday bayonotlar bilan chiqqan.

"Bu koʻp hollarda ichki muammolarni koʻrib, ochiqchasiga kulish edi. Koʻp hollarda boshqa davlatlarda oʻsha ichki muammolarning paydo boʻlishiga hissa qoʻshgan holda ular xalqaro tashkilotlar, ijtimoiy tarmoqlar, brifinglar va boshqa joylarda albatta ommaviy bayonotlar bilan chiqish qilardi. Bizda bu podborka tayyor, biz shunchaki ertaga eʼlon qilamiz", - deb qoʻshimcha qildi u.

Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, RF TIV AQSH haqidagi podborkani "trolling" maqsadida emas, balki shunchaki kelgusida yodda saqlashlari uchun eʼlon qiladi.

"Nega deganda, Vashington, kelgusi safar, bu juda yaqin orada sodir boʻladi, kimgadir oʻsha aytganimizdek, demokratiyadan saboq bermoqchi boʻlganida, ichki muammolar bilan qanday yashash keragu bu muammolarni qanday yengish lozimligi haqida gapirishni istaganida, ularga bu eslatma boʻladi", - dedi Zaxarova va ayni dam AQSH "trollingi" mavridi emasligini, nega deganda, AQShdagi noroziliklar - bu real muammoligini qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, afroamerikalik Jorj Floyd Minneapolisda politsiyachilar qoʻlida nobud boʻlgach AQShning yirik shaharlarida noroziliklar va tartibsizliklar toʻlqini avj olgan edi.



Read more: https://oz.sputniknews-uz.com/politics/20200607/14302682/TIV-AShning-demokratiya-byicha-nasiatlari-podborkasini-elon-iladi.html